4.7
35 review
5.46 MB
Everyone
Content rating
7.7K
Downloads
Odamiylik mulki screenshot 1 Odamiylik mulki screenshot 2

About this product

Sevimli adibimizning eng mashxur kitoblaridan biri taqdim etilmoqda

Rating and review

4.7
35 ratings
5
4
3
2
1

Odamiylik mulki description

Tohir Malik
ODAMIYLIK MULKI
(Axloq kitobi)
Toshkent «Istiqlol» 2005
Mas’ul muharrir: Muhammad Sharif JUMAN
Taqrizchi: filologiya fanlari nomzodi Abdumurod TILAVOV
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
«Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik va ularni barrubahrda - quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qo‘ydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizqu ro‘z berdik va ularni O‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik.»
(Al-Isro surasidan)
Sizlaru bizlarni go‘zal suratda yaratgan va cheksiz ne’matlarga burkagan Rabbimiz Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar aytamiz. Buyuk Parvardigorning buyuk irodasi ila buyuk vazifalarni yelkalarida ko‘targan va sizu bizga hidoyat yo‘lini ko‘rsatgan suyukli payg‘ambarimiz Muhammadga salavot va salomlar yo‘llaymiz.
Allohning inoyati va marhamati ila ko‘p yillik niyatimizni amalga oshirmoqqa kirishyapmizkim, bu ishimizni ham Yaratganning O‘zi xayrli qilg‘ay. Shu paytga qadar badiiy ijodda yaxshimi-yomonmi mashqlar qilib, o‘zimizni sinab ko‘rdik. So‘ng odob bobida birodarlarimizga nafi tegar, degan umid bilan «Mehmon tuyg‘ular» nomida bir kitobchaga tartib berdik. So‘ng uni to‘ldirib, «Imonlashish umidi» degan nomda e’tiborlaringizga havola etdik. Keyin esa farzandlar tarbiyasida foydali bo‘lib qolar, degan maqsadda bir risola yozib unga «Jinoyatning uzun yo‘li» deb nom berdik.
Bu yo‘nalishdagi urinishlarimizni endi mazkur odob risolasi nihoyasiga yetkazar, insha Alloh!
↓ Read more

Version lists