0.0
0 review
30.40 MB
Everyone
Content rating
338
Downloads
Abasa surasi audio mp3, tarjima matni screenshot 1 Abasa surasi audio mp3, tarjima matni screenshot 2 Abasa surasi audio mp3, tarjima matni screenshot 3 Abasa surasi audio mp3, tarjima matni screenshot 4 Abasa surasi audio mp3, tarjima matni screenshot 5

About this product

Abasa surasi mashxur qorilar tomonidan tiloat etilgan audio mp3

Abasa surasi audio mp3, tarjima matni description

Abasa surasining arabcha yozilishi, o‘qilishi, tarjimasi va ma’nosi hamda mashxur qorilar tomonidan tiloat etilgan audio mp3 ko‘rinishi jamlangan mobil ilova.

Abasa (arab, abasa - qoshini chimirdi, yuzini burishtirdi) - Qur’onning 80-surasi nomi. 42 oyatdan iborat. Makkada nozil bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Muhammad (as) Quraysh zodagonlaridan bir guruhini islomga da’vat qilib turganida Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ikki ko‘zi ko‘r bir sahoba kelib: "Yo rasululloh, menga Alloh sizga bildirgan narsalardan ta’lim bering", deb so‘raydi. Payg‘ambarning boshqalar bilan band ekanligini sezmagan sahoba yuqoridagi gapini baland ovoz bilan bir necha bor takrorlaydi. Shunda payg‘ambar achchig‘lanib, qovoq soldi va u kishidan yuz o‘girib Quraysh kattalari bilan so‘zlashda davom etdi. Abasa surasi ko‘zi ojiz bir kishiga ro‘yxush bermagan payg‘ambarga tanbeh berish bilan boshlanadi (shuning uchun ham bu sura "Abasa" deb nomlangan) va u zotga zimmalaridagi vazifalari yana bir bor uqtirilib, Qur’on oyatlari Alloh tomonidan pand-nasihat oladigan bandalar uchun yuborilgan bir eslatma ekanligi ta’kidlanadi. Bu surada Alloh o‘z habibi va so‘nggi payg‘ambariga bergan tanbehi do‘stning do‘stga qiladigan beg‘araz muomalasi sifatida talqin etilgan.

Ushbu sura tarjimasi va ma’nolari islom.uz va quron.uz saytlaridan olindi.
Audio materiallar mp3muslim.uz saytidan olindi.
↓ Read more